10
23 сентября 2021, 07:46***Sakiyna bu notanish kishidan qõrqib ketgan, tili aylanmay qolgan edi.Yigit:—Uzr qõrqitib yuborgan bõlsam, men bu yerga birinchi bor kelishim, dõstim shu masjidning imomi. Uni qidirib yurib adashib qoldim.Erkaklar qayerda namoz õqishyapti aytib yuborolmaysizmi dedi. Sakiyna:—Tõĝriga yurib chapga qayrilsangiz õsha yerdan chiqasiz dedi. Yigit Sakiynani qõrqitib yuborganidan uyaldi. Va tõkilgan olmalarni tera boshladi va:—Uzr shunaqa sal dõvdirroqman, aslida bunday niyatim yõq edi dedi.Sakiyna indamadi, olmalarni olib savatga soldi. Onasi Sakiyna qolib ketgani uchun hovliga õzi chiqdi.—Sakiyna , anqayib nimaga ketganing yodingdan chiqdimi? deb qizini koyidi. Haligi yigit:—Assalomu aleykum xolajon qizingizdan erkaklar masjidning qayerida namoz õqiyotganini sõragandim, õzim bu yerga endi kelgandim. Aksiga olib adashib qoldim dedi. Onasi :—Mayli endi, tezroq bõlishimiz kerak, hozir namoz tugab qoladi deb Sakiyna bilan ichkariga kirib ketishdi.Ortilaridan yigit demak uning ismi "Sakiyna" deb qoldi.
Пока нет комментариев. Авторизуйтесь, чтобы оставить свой отзыв первым!